MEN ONAMNI YAXSHI KO'RAMAN
Mayli meni qiynagin hayot.
Qiynog'ingga bardosh beraman.
Lek onamni qilgin extiyot.
Men onamni yaxshi ko'raman.
Dardim bo'lsa kuyingan onam.
Quvonchimga suyingan onam.
Munisgina mening yagonam.
Men onamni yaxshi ko'raman.
Mayli, meni sevmasin yorim.
Mayli, darddan qiynalsin tanam.
Faqat azob chekmasin onam.
Men onamni yaxshi ko'raman.
Hayot sendan bitta o'tinchim.
Onam mening baxtim suyanchim.
Extiyot qil mening quvonchim.
Men onamni yaxshi ko'raman...