<<< GULSANAM MAMAZOITOVA -YOR-YORNI AYTING>>> Ayt sevgi bu axir nima qilganing. Men yorga desam sen qayga chorlading. O'lanchilar eski o'lanni quying. Bilsangiz eng dardli yor-yorni ayting. Qizning taqdirida qiziq narsa yo'q. Siniq ko'nglidanda siniq narsa yo'q. Mening armonimdan tiniq narsa yo'q. Bilsangiz eng dardli yor-yorni ayting. Men sevgi bog'idan uzilgan gulman. Zimiston ichida yo'qolgan nurman. Endi oydek qizman baxtsiz kelinman. Bilsangiz eng dardli yor-yorni ayting. Tindiring surnayning ovozasini. Berkitishdi baxtim darvozasini. Larzaga keltirib to'yxonasini. Bilsangiz eng dardli yor-yorni ayting...!!!