Doimiy ustuning ham bir kun qularkan, Bir tomchi yosh bilan ko'zlar to'larkan. Odamzot bariga chidarkan ammo, Orzusi ushalmasa alam qilarkan. Boyvachcha baxtini pulga olarkan, Faqirchi chorasiz, baxtsiz qolarkan. Insonlar bariga chidarkan ammo, Orzuga yetolmasa alam qilarkan.