Biz futbol muxlislari bir birimizga goʻyoki dushmandek baxslashamiz lekin bu video bizlarni nohaq ekanligimizni yana bir bor koʻrsatib berdi. Doʻstlar bekorga bir birimizni dilimizni ogʻritmaylik. Futbolchilarni bir biriga taqqoslab boʻlmaydi. Har bir futbolchi oʻz uslubiga ega. Mana shu xilma xilligi bilan futbol oʻzgacha joziba bilan millionlab muxlislar eʼtiborini oʻziga tortmoqda. Bu mening shaxsiy fikrim. Kamentlarda yozilgan fikrlarni oʻqib ochigʻi daxshatga tushaman. Azizlar futbolni jang maydoniga aylantirmasdan futbolligicha qabul qilaylik va undan zavqlanaylik. Fikrim kimgadir yoqmagan boʻlsa uzr soʻrayman.