Ko'pchilik insonlarning aytishicha "Ming urinma, surinma xammasi peshonangga yozgani bo'ladi"-deyishadi. O'sha urinish-surinishing xam peshonanga yozilgan bo'ladi-ku. Nima uchun urinib ko'rmaysan. Axir sen nima bo'lishini bilmaysan-ku.
Agar bola tanqid bilan yashasa, u ayblashni o'rganadi.
Agar bola adovat bilan yashasa, u urushishni o'rganadi.
Agar bola qo'rquvda yashasa, u qo'rqoqlikni o'rganadi.
Agar bola afsusda yashasa, u afsuslanishni o'rganadi.
Agar bola ustidan ko'p kulishsa, uyatchan bo'lishni o'rganadi.
Agar bola qiziqish bilan yashasa, u xavas qilishni o'rganadi.
Agar bola uyat bilan yashasa, u aybdorlik xissini o'rganadi.
Agar bola qo'llab-quvatlash bilan yashasa, u o'ziga ishonishni o'rganadi.
Agar bola bag'rikenglikda yashasa, u sabrli bo'lishni o'rganadi.
Agar bola tan olish bilan yashasa, sevishni o'rganadi.
Agar bola do'stlik bilan yashasa, u yer yuzi yashash uchun ajoyib joy ekanligini anglaydi.