Bu dunyoni bevafo desam,
Yor aldadi ishondim desam,
Do'stlarimni vafoli desam,
Bevafolik qildi do'stlarim.
Goxi yig'lab gixida kuldim,
Goxo uchib goxo yiqildim,
Omat qo'ldan ketganda bildim,
Bevafolik qildi do'stlarim.
Biri yorim qoshiga uchdi,
Yana biri pulimga uchdi,
Xammalari qonimni ichdi,
Bevafolik qildi do'stlarim.
Otam ekan yolg'iz ishonchim,
Onam ekan yakka sirdoshim,
Ming bolaga qo'ydirib boshim,
Bevafolik qildi do'stlarim.
sherzodga xam ziyo ber ollox,
So'zlariga mano ber ollox,
Qolganiga madad ber ollox,
Bevafolik qildi do'stlarim.
Ko'nglim qolsa bulbuldan xam guldan xam,
Qolar bo'lsam bir kun axir tildan ham...
Agar bir zot yig'lasa chin dildan xam-
Onam yeg'lar, onam yeg'lar, onam u...
Sig'may qolsam shunday keng jaxona,
Osmonlarga ruxim bo'lsa ravona.
Jonsiz tanam ustida xam parvona-
Onam yeg'lar, onam yeg'lar, onam u...
Tonar bo'lsa qo'limdagi tor dunyo,
Uch kun o'tmay unutgay do'st-yor dunyo.
Yeru ko'kni titratib zor-zor dunyo-
Onam yeg'lar, onam yeg'lar, onam u...
Gulday kulib yurmasimdan o'g'lim deb,
Ko'rib ko'nglim to'lmasidan o'g'lim deb,
Onang o'lsa bo'lmasmidi o'g'lim deb
Onam yeg'lar, onam yeg'lar, onam u...