chaqaloq
dunyo yuzini ko’rdi.
Onasini
qiynab qo’yishdan
qo’rqqan shekilli, u vrachlar
yordamisiz
tug’ildi. Oradan bir kun
o’tib, bu
chaqaloq o’zini shahar
chekkasidagi tashlandiq sovuq
yerda ko’rdi. Onasi: -
Bolajonim,
oppog’im, o’g’lim.
Dunyoga
bevaqt keldingda. Hozir zamon
judayam o’zgarib ketgan.
Men
sen bilan qayerga ham
sig’ardim.
Ota-onam ko’rsa seni ham meni
ham o’ldirishadi. Mening
esa hamma hayotim
oldinda.
Sen
meni kechir. Sen faqatgina
uxlaysan xolos. Shirin
uyquga
ketasan. Mendek
gunohkor
onangni kechir. Endi uxla.
Chaqaloq: -
Farishtam onam qayerga
ketdi?
Farishta: -Bilmadim, lekin
sen o’ylama hozir qaytib
keladi.
Chaqaloq: - Farishtam
senga
nima
bo’ldi? Nega ovozing bunaqa?
Yig’layapsanmi?
Oyijonimga
tezroq ayt kelsin. Bu yer
juda
sovuq ekan sovqotib ketyapman.
Farishta: -
Yo’q toychoq, men
yig’lamayapman senga
shunaqa
tuyulgan shekilli. Men hozir
onagni
olib kelaman. Sen faqat
uxlab
qolma, balandroq yig’la.
Yig’la toychoq, yig’la. Chaqaloq:
-
Farishtam axir onajonim
uxla
dedilar. Uxlashim kerak.
Bu orada
esa shu joyga
yaqinroqdagi
uylarning birida
navbatdagi
janjal. - Azizam, xafa bo’lmagin
axir tirnoqqa zor faqat
biz
emasku. Bu
dunyoda qanchalab
oilalar farzand asrab olib, baxtu
kamolini ko’rmoqda. Biz
ham
asrab olamiz faqatgina
baxtimga
sog’ bo’lsang bo’ldi. - Azizim,
keling, negadir tashqariga
chiqqim kelyapti. Yuring.
Meni
kimdir chaqiryapti. -
Senga nima bo’lyapti, soatga
qara.
Qayoqqa?
-
Tezroq, tezroq boraylik.
Bilmadim
qayoqqa lek yuragim guppilab
uryapti, qayoqqadir
borishim
kerak. Meni tushuning.
Yuring. -Faqat sen uchun,
mayli yuraqol. Uydan yosh oila
chiqib
yo’lak bo’ylab tez yura
boshlashdi.
- Azizam negadir, sen
o’zingni ovora
qilyapsan, qayoqqa
ketyatganingni ham
bilmayapsanku. -Azizim
xuddi
kimdir qo’limdan tortib
ketayotgandek.......... -
Menga
va’da
ber ertaga hech ish
qilmasdan
uyda dam olasan. Tamom. Men
vrachingga ham telefon
qilib
gaplashib qo’yaman. -Jim
kimningdir yig’i ovozi
eshitilyapti. - Ha o’sha tomondan
chaqaloq
ovozi eshitilyapti.
Farishta: -
Toychoq qani bor
ovozing bilan baqir. Yig’la
oppog’im
yig’la.
Chaqaloq: -
Farishtam, qayoqqa ketib
qolding.
Men sovqotib ketdim. Judayam
sovuq ekan. Seni rosa
chqirdim.
Onamni topdingmi?
Farishta: -
Yig’la balandroq yig’la onang
kelyapti.
U
judayam yaqin qoldi.
Ayol: -Ey
"Xudo" yim bu chaqaloqku, kim
qo’yib ketti ekan.
Judayam
muzlabdi. Tezroq uyga
olib
kiraylik. Tezroq. -Azizam ohlarimiz
“Xudo” ga yetib boribdi.
Chaqaloq: - Farishtam
onamning
ovozi
o’zgaribdimi? Farishta: - Yo’q
begunoh farishtaginam,
bu
sening haqiqiy
onangning
ovozi....
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 13