Armon dil yarasin kaftida ezar, Mungli közlarimda g'am andux kezar. Dil göyo tanamni begona sezar, Sizsiz yashab bölmas, yashab bölmaydi. Gulning bargidagi shabnam orzudir, Ifori kimga baxt, kimga qayg'udir. Mening bilganim shu SEVGI mangudir, Sizsiz yashab bölmas, yashab bölmaydi. Men ham muhabbatdan yaralgan jonman, Sevgi ummonida bir qatra qonman. Shukurki umidlar ichra omonman, Sizsiz yashab bölmas, yashab bölmaydi
yomon bo'lsam yiroq yuring sizga ozor yetmasin. Kasal bo'lsam tabib bo'ling sizga nazar tegmasin. Men yer bo'lsam osmon bo'ling gapim og'ir botmasin. Baxtsiz bo'lsam baxtli bo'ling ollox xar on qo'llasin.