Musofir yurtlarda kezsam darbadar.
Oylamni eslayman xar shomu saxar.
Totganim bu erda barisi bol qand.
Lek menga tuyular totgandek zaxar.
Farzandim erkalab quchgim keladi.
Imkonim bölsa tez uchgim keladi.
Bir muddat bölsa xam turmasdim sira.
Bu olis yurtlardan öchgim keladi.
Avvallar sog'inchga qarar edim sus.
Endi sog'inch zaxrin etayapman xis.
Közimdan ötadi onam nigoxi.
Bög'zimdan chiqadi alamli bir sas.
Besh kunlik dunyoda diydor bilmayin.
Oilam bag'rida turmayman tayin.
Rözg'orim g'orini töldiray deyman.
Lek sog'inch izmida yawawim qiyin.
Mayliku boriga shukur etaman.
Taqdirim wu ekan afsus netaman.
Kam kösti butsa bas uyim joyimni.
Ox ona y