Предыдущая публикация
Ojizlarim birovga tosh otmaydi,
Bir kun yashar bir birini sotmaydi,
Kapalaklar odamlardan mehribon.
Bir qarasang na kulbasi uyi yo'q,
Na tovushi, na qo'shig'i kuyi yo'q,
Kapalakning kambag'ali boyi yo'q,
Kapalaklar odamlardan mehribon.
Kapalakning kulbasidur hur dala,
Dalasida mehr to'la nur to'la,
Baxtsiz bo'lsa bari baxtsiz bir yo'la,
Kapalaklar odamlardan mehribon.
Oydin oqshom yodga tushding o malak,
Seni o'ylab bo'ldi yana qon yurak,
Sevaman deb aldamaydi KAPALAK,
Kapalaklar odamlardan mehribon...

Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев