Parvona bo'lganda do'stu yoronlar, Jismimda farahlik bo'lganda hosil. Qalbimni mast qilsa baxtiyor onlar, Allohim sodiqlar bilan birga qil. Hissiz dil, hissiz ruh, hissiz tanalar, Menga ulfat bo'lsa nodon va johil. Kerakmas shuhratu bu tantanalar, Allohim sodiqlar bilan birga qil. Bo'g'zimga tiqilgan damda g'am alam. Qayg'ular yukidan ezilganda dil, Majrux dilginamga aylagin malxam. Allohim sodiqlar bilan birga qil. Sinovlar zaxmati og'ir kelganda, Boshimga fitnalar kelsa xilma-xil. Men g'aribni hamma dushman bilganda. Allohim sodiqlar bilan birga qil. Rizqim bo'lib ado ajal kelganda. Men uchun bu dunyo bo'lganda botil. Ruhim bu tanamdan ajralganda ham. Allohim sodiqlar bilan birga qil. Tog'