Bilmadim nechun ? Bilmadim ne sabab ? Qumsadi vujud netay "eslama" - desamam. Yashagim kelmaydi ortiq bu hayotda mutlaqo, Yonimda qol deganim sari bo'lasan yiroq. Qalbing o'rtasiga burdim,mani top yo'qolib qoldim, O'q olib ot yoki o'ldir qandilga ulab arqonni. Tomirimda qonim oqadi bemador, Yuqori harorat ato etadi labing qora dori. O'ljalaring qatoriga mo'ljallab qilasan ov, Yarador bo'lganimdan ko'ra o'ldiraqol. Kulasan, juda tez unutasan, "Asalim" - deganingda erisam qalbimni yutasan. Bittasan, buni yaxshi bilasan, Yo'q demasang agar bir narsa so'rasam. O'ldir mani haqiqiy hayot etaqol tortiq, O'ldir mani qalbingda bir daqiqa qolmayman ortiq. O'ldir mani .... yarim yo'lda qoldir, O'ldir mani faqat yo'qolsin qalbim og'rig'i. Bazida qiladi alam ichimga yutaman dard, Ko'zimda qalqiydi yosh erkak uchun bu uyat. Qolimda tebratib qalam nominga bitardim san'at, Endi manga san ayt dardimga kim bo'ladi ko'mak? Necha bora telba holim bilib kalaka, Falakdagi yulduzim farqimiza tabaqa. Nafaqaga ketdi holim ko'rib sevgi mabudlari, Bo'ldi nobud umidlarim ko'tardim tobutim bari. Dard qildi mani darbadar devona yana, Yo'llaring poyladim, intildim bo'ldim parvona. Qara mana ol mani jonim maylin urgin xanjaring, Urindim necha bora bo'lolmadim majnuning. Tunda qo'lda may bo'lib o'limga shay, Yashadim shu tariqada qismatim ekan netay ? Ozdim aqldan dardlarim bayon etib suratingga, Savlatimga yarashmadi,qolib ketdim kulguga. O'ldir mani haqiqiy hayot etaqol tortiq, O'ldir mani qalbingda bir daqiqa qolmayman ortiq. O'ldir mani .... yarim yo'lda qoldir, O'ldir mani faqat yo'qolsin qalbim og'rig'i.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев