O'z qo'ynimdan chiqqan ilonim, Do'stim menga xiyonat qildi, Noxaqlikdan og'ridi jonim, Do'stim menga xiyonat qildi. OH o'zingdan chiqqan baloga, Qayga xam borarding davoga, Ishonchlarim uchdi xavoga, Do'stim menga xiyonat qildi. Kinolaru kitoblarda ham, Menchalik ayanchli bo'lmagan, Ayirdi u muxabbatimdan, Do'stim menga xiyonat qildi, Oh sevgilim oh do'sti nokas, Shunchalaram bo'lasanmi past, Men o'zimdan ayrilganim rost, Do'stim menga xiyonat qildi, Tobutkashim degan jigarim, Yirtib ketdi Anvarning qalbin, Qay qabrda ko'mildi qadrim, Do'stim menga xiyonat qildi.
Qafasga sig'maydi orzular qushi, Joningni chimchilar dunyo tashvishi, Ayt poyon topgaymi bu dunyo ishi, Bir kunda bir soat do'st uchun yasha, Dasturxon töldirma topganingni qöy, Mayli qadah tutma diydoriga töy, Ostonangda kulib körsatganda böy, Bir kunda bir soat döst uchun yasha.
Ushbu sog'inchli satrlar, meng ushalmagan orzuim azobi, Xayotimda topganim va yo'qotganim, O'zimni bir on baxtiyor xis etishga sababchi bo'lgan sevgilimga BAG'ISHLANADI. Shunday baxt topginki o'zga bir inson, Sening baxting tufayli baxtsiz bo'lmasin, Shunday baxt topginki orzumand ko'ngil, Aslo armonga to'lib qolmasin, Shunday baxt topginki topgan baxting, O'zinga emas hammaga yoqsin, Baxtingga baxt tilar barcha odamlar, Barcha odamlar ortingdan termulib xavas ila BOQSIN.