O'tib ketdi mana bu yil ham
Hamon uyga qaytolmayabman
Ko'rolmadim do'stim to'yin ham
Rassiyadan ketolmayabman
Bola-chaqa boqishim kerak
Oz muncha pul topishim kerak
Uyim tomin yopishim kerak
Rassiyadan ketolmayabman
Quvvat ketib qolmasin beldan
Kelmay qolsa biror ish qo'ldan
Ortda qolib ketmay deb eldan
Rassiyadan ketolmayabman
Bodomlar ham gullab bo'libdi
Bahor salom yo'llab bo'libdi
Kelganimga yillab bo'libdi
Rassiyadan ketolmayabman
Men ham qilsam dabdaba to'ylar
Bosib qo'ygan shu g'amlar o'ylar
Solaman deb hashamdor uylar
Rassiyadan ketolmayabman
Sog'inganman men jo'ralarim
Onam qilgan osh-sho'rvalarin
Sog'insamda onamning bag'rin
Rassiyadan ketolmayabman
Qani issiq kulcha-yu nonlar
Qani ko'zga yaqin insonlar
Ex qishlog'im qani ul onlar
Rassiyadan ketolmayabman. https://t.me/gayrat1995abdurahmonov
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 2