Aytay desam gap bir talay
Ammo senga qandoq qaray
Ishlar zo'rmi ishlar qalay
Yuribsanmi hotin quli
Uylanding-u gumdon bo'lding
Endi kimsan ayon bo'lding
Sher eding-ku quyon bo'lding
Yuribsanmi hotin quli
Choyxonaga bormay qo'yding
Do'stlar bilan yurmay qo'yding
Nega ko'cha ko'rmay qo'yding
Yuribsanmi hotin quli
Bizdan shuncha bezormisan
Biron kimdan qarzdormisan
Tirikmisan,ha bormisan
Yuribsanmi hotin quli
Nima desa quloq solib
Bir chekkada ketma qolib
Boshginangga chiqarvolib
Yuribsanmi hotin quli
Kel qo'shilib inoq yurgin
Yo oqibat yig'ishtirgin
Uyingdan ham chiqib turgin
Yuribsanmi hotin quli
Yo'qdir bizdan habarlaring
Bormidi shu hunarlaring
Esdan chiqib jigarlaring
Yuribsanmi hotin quli
Sirlaringni sekin bilib
Qarmog'iga oldi ilib
Aytganini aytgan qilib
Yuribsanmi hotin quli
Erkakman deb kerilmagin
Ja unchalik berilmagin
Yalinmagin, yiqilmagin
Yuribsanmi hotin quli
Sal o'zingga kelgin biroz
G'ayrat aytib qo'ydi xolos
Bo'lsang bo'lgin erkakka hos
Bo'lma faqat hotin quli. https://t.me/gayrat1995abdurahmonov
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 1