Kelinlik uyida hech tinchlik topmay,Kòz ochib kòrgani eriga yoqmay.Visol qayiĝida hech qancha oqmay,Er sabab uyiga qaytgan ayollar.Dardini suvlarga aytgan ayollar.Aybmidi ayolda omad bòlmasa?Aybmidi hipcha bel qomat bòlmasa?Otasi Hotamdek jòmard bòlmasa? Kuyovning ongida ruhsiz xayollar,Shu sabab eridan qaytgan ayollar.Dardini aytmasdan ichiga yutib,Òzga bir shahzoda keliwin kutib,Nozik bilagiga kòz yowin artib,Tunlari uxlolmay yotgan ayollar,Taqdirdan ensasi qotgan ayollar.Yoriga bir bora quloq tiwlatib,Yorining bir kecha kònglin huwlatib,Umr bahorini bevaqt qishlatib,Ayollik tamĝasin bosgan ayollar,Yowligini dorga osgan ayollar.Ortidan kuladi dòstu devona,Ota uyida ham u yot begona Uyga qa