G`amgin yurak, g`amgusor yurak, Bechorani xo`rlasang bo`lmas. (x2) Seni bugun ko`rishim kerak, Seni bugun ko`rmasam bo`lmas. (x2) Yelkamga yuk tashladi osmon, Bu azoblar qo`ygaymi omon? (x2) Tushun, seni sog`indim yomon, Seni bugun ko`rmasam bo`lmas. (x2) Seni bugun ko`rmasam bo`lmas. Balki quyosh kular ertaga, Ochiladi gullar ertaga. (x2) Nima bo`lsa, bo`lar ertaga, Seni bugun ko`rmasam bo`lmas. (x2) Seni bugun ko`rmasam bo`lmas. Uzun tunlar bunchalar mahzun, Mahzun kunlar bunchalar uzun? (x2) Men ertaga yashashim uchun Seni bugun ko`rmasam bo`lmas. (x2) Seni bugun ko`rmasam bo`lmas… (x4)