Ko'z yoshingga aylanib qolsam, Yuzlaringdan o'pib yiqilsam. So'nggi damda bag'rimga bosib, Quchog'ingda jon berib o'lsam. Mahkam ushla qo'lim qo'yvorma, Mayli jonim ketsin-ruhim qo'yvorma. "Sensiz yolg'iz qanday yashayman?", Alvido deb aytmayman, meni unutma! Yig'larmisan men ketar chog'da, Sevarmisan har dam har onda. Men kelarman seni sog'inib, Kutarmisan yolg'izim-gulzorli bog'da