Yulduzlardan sog'inchim bisyor,Dardim kuyga sololmaydi tor.Senga bitta iltimosim bor,Sezdirmasdan bir kelib-ketgin.Alamlarni bag'ringga bosib,Ko'm-ko'klarga g'ururni osib,Tuproq bo'lgan qadrni bosib,Egilmasdan bir kelib-ketgin...
Qo'limda telefon go'shagi yonar,Yod bo'lgan raqamni teraman asta.Barmoqlar qaltirab to'lqinlanib deng,Ko'zga yosh quyilib kelar bir pasda.O'sha tanish ovoz mehribon ovoz,Eshitib titroqdan bosolmay o'zim.Bir qo'lim go'shakni mahkam tutsada,Bir qo'lim yosh ila ovlaydi ko'zim...