Xar gunoxim ul kunda ayon aylab, Amalimni el ichra
bayon aylab, Sirotingda meni sarsona aylab, Qiyomat kun
meni sharmanda qilma! Tarozida gunoxim og'ir qilib,
Qilmishimdan yuzlarim yag'ir qilib, Qaddim bukkim, yerga
yuz bag'ir qilib, Qiyomat kun meni sharmanda qilma!
BILGUVCHI ZOT bir kun men ham o'tarman, Nasib qilsa,
yerda yolg'iz yotarman, Bir kun sening savolingdan
o'tarman, Qiyomat kun meni sharmanda qilma! To
o'lguncha yurayin XAQ yo'lingda, Ibodatda bo'lay, yomg'ir
do'lingda, Soyabon ber maxshar nomli cho'lingda,
Qiyomat kun meni sharmanda qilma! Ul kungacha
ayirmagin iymondan, Sevguvchi qil, seni, xattoki jondan,
Joyim qilgin JANNAT nomli makondan, Qiyomat kun meni
sharm