Kimning xayoliga kelmishdir axir,
Birdan qulab tushsa buyuk bir  chinor.
Alam boʻgʻzimizda achchiq va  taxir,
Bu gʻamning na cheki —  chegarasi bor.
Ketdi nogahonda aytmay biror  soʻz,
Hijron oloviga barchani tashlab.
Oʻzbek osmonida soʻndi choʻng  yulduz,
Katta-yu kichikning koʻzini  yoshlab.
Biz — noqis bandalar, oʻylamay  goho,
Boshimiz silagan qoʻlni tishladik.
Yuz yillab teskari aylandi dunyo,
Oʻz emas, oʻzgalar uchun  ishladik.
Biz — ojiz bandalar, anglamay  turib,
Birovning zabonin sanadik afzal.
Shu yurt daholarin bilib va koʻrib,
Begona zotlarga yasadik haykal.
Bosqin tepamizda turar edi zil,
Uni tag-tubidan buzmoq shart  edi.
Asriy vayronaning oʻrnida dadil,
Yangicha mamlakat tuzmoq shart  edi.
Foniy bu dunyoning baland-  pastiga,
Teran nazar tashlab oʻtdi bu  Inson.
Millat qadri deya yashab aslida,
Xalqining dardiga boʻloldi  darmon.
Bugun judolik bor gar qalbimizda,
Lekin gʻurur yashar havas  qilgulik.
Abadiyat oʻsdi koʻz oldimizda,
Shundoq yonimizdan oʻtdi  Mangulik


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 6