Xar kun bir bor arazin toʻkib
Yur ketamiz deydi yuragim
Sendan rizqim terdim Moskva
Lek yurtimni juda Sogʻindim
Koʻrib boʻldim Kremlni ham
Oqqayinlar bagʻrida kezdim
Ming maxliyo boʻlmay koʻrkingga
Otam hovlisini juda Sogʻindim
Boʻy choʻzganda Moskva city
Koʻkka qarab hayratda qoldim
Jamolingni koʻz-koʻz qilsang ham
Onam hovlisini baribir Sogʻindim
Shukr deyman oʻzbekman axir
Bismilloxni haqni Sogʻindim
Tongging menga kulib boqsa ham
Azoni bor tongni Sogʻindim
Pul ham topdim davlat ham topdim
Yal-yal yonib har xil kiyindim
Ammo ammo baribir oʻsha eskirgan
Chirogʻi bor uyni Sogʻindim
Bayramlaring kelsa ketma-ket
Goh quvondim goho ogʻrindim
L