Uchramasang bolardi tashlab ketar ekansan, Ikki ko'zim gavharin yoshlab ketar ekansan, Shiringina so'zlaring hayotimni bezadi,
Netay soxta tuyg'ular bugun yurak ezadi. Bag'ring shuncha toshmidi nolalarim yetmadi,
O'zing ketdingku ammo darding sira ketmadi,
Uchramasang bolardi yo'llarimda nogahon, Mana ketding sen bugun sevgi ham bo'ldi armon,
Aytgin qachon ulgurding yuragingdan yulishga,
O'rgatyapman o'zimni yig'lab turib kulishga.
Uchramasang bolardi o'ynab kulib yurardim,
Tashlab ketmasang agar men ham baxtli bo'lardim.GULIM