Mening Onam dunyodir ,
Mexr to`la daryodir .
Zimistonda yo`limga ,
Nur to`shagan ziyodir .
Mening Onam bir daraxt ,
Jannat poyidagi taxt .
Bu o`tkinchi olamda ,
Onam omad, Onam baxt .
Mening Onam xayotdir ,
Ko`nglimdagi bayotdir .
U bor ekan , to abat ,
Mening qaddim shamshoddir .
Ta'sirli hikoya Bir ota o’z o’g’li bilan poyezdga chiqib joylashadi.Poyezd sekinlik bilan yura boshlaydi.Haligi yo’lovchining o’g’li poyezd yurishi bilan xursand bo’la boshlaydi.25 yoshli haligi yigit oyna tarafda o’tirib poyezd oynasi orqali quvonch bilan atrofni tomosha qilib ketar.Haligi ota o’g’ilning yonida boshqa yo’lovchilar ham o’z manzili tomon ketar edi.Haligi o’g’il xursand kayfiyatda qo’lini oynadan chiqarib baland ovozda otasiga otajon qarang hamma daraxtlar orta qolib ketyapti deb otasini e’tiborini torta boshladi.Ota juda xursand bo’ldi va tabassum qilib qo’ydi.Ularning yonida o’tirgan yo’lovchi 25 yoshli yigitning ko’rib huddi yosh boladek xursand bo’layotganiga hayron bo’ldi