Biror kishi bilan suhbatlashib o'tirganingizda, ikkinchi bir kishi sha'niga yomon gaplar aytish, uni g'iybat qilish va ortidan so'kinish yaxshilikka olib kelmaydi. Ayniqsa, o'sha ikkinchi kishi hozirgina - birinchi kishi bilan suhbatlashib o'tirganingizda qo'ng'iroq qilgan bo'lsa, siz esa u bilan gaplashib bo'lib, telefonni o'chirishni unutgancha yoningizda qo'yib qo'ygan bo‘lsangiz.
O'rtoqlar, kelishib olaylik:
"Masheynik" emas, "moshennik" bo‘ladi.
Lokatsiya yuborayotganda "gprs" emas, "gps" yoqiladi.
"Feysbukdagi saytim" emas, "feysbukdagi sahifam" bo'ladi.
"Vertual" emas, "virtual" bo'ladi. "Sengvich" emas, "sendvich" bo'ladi.
"Murskoy" emas, "mujskoy", "dalniy moment" emas, "danniy moment" bo'ladi.
Telefonda kamera megapikselini kattaligi har doim ham rasmni sifatli bo'lishini anglatavermaydi, pikseli katta apparatda olingan rasmni hajmi katta bo'ladi. Sifati yaxshi yoki yomon bo'lishi - linza sifatiga bog'liq. Undan tashqari, rasmga olishdan oldin kamera biror lattalik material bilan artiladi.
Videoga olayotganda videoning yarmidan telefonni pozitsiyasi
Kreativ agentliklari ajoyib, hech kimning xayoliga kelmaydigan g'oyalar yaratish uchun nos chekadiganlarni ishga olishlari kerak.
Chunki kreativlik borasida uncha-buncha odam nos chekuvchilarga yeta olmaydi.
Nos tuflash uchun o'ylab topayotgan yechimlariga qarasangiz, siz ham beixtiyor bu fikrga qo'shilasiz.
Gul tuvagi, daraxtlar tagi, hojatxona, unitaz, palosning tagi, sigaret pachkasining ichi, oyog'ingizning tagi... Xayolga kelmaydigan joylarni topib tuflab yurishadi. Ijodkorliklariga gap bo‘lishi mumkin emas.