Men seni sog’inib zor-zor yig’ladim, Sevgimni etolmay izhor, yig’ladim, Rasmingga termulib, bedor yig’ladim, Hajringda kun-bakun so’rarman bu kun, Men seni sog’inib o’larman bir kun. Sevib sevilmagan yuragim manim, Yor, senga bo’lmasa keragim manim, Sarobga do’narmi tilagim manim, Senga iltijolar qilarman bu kun, Men seni sog’inib o’larman bir kun. Ishqingda horlarga sarbon bo’layin, Bir umr qalbingda armon bo’layin, Ishqing yo’llarida qurbon bo’layin, She’r bo’lib kirgayman bir kun, Men sog’inib o’larman bir kun. Arshi A’lolarga nolam yetmadi, Seni peshonamga qismat qilmadi, Qalbingdagi muzlar erib ketmadi, Men senga baxt tilarman bu kun, Men seni sog’inib o’larman bir kun.
Yomg'ir qulog'inga shivirlab ötsa, Yursang yöllaringni maysalar tössa, Shirin hayolingni shöx shamol buzsa, Yomg'ir ham, maysa ham, shamol ham menman. Tunda közlaringga uyqu ilinsa, Tushda körganlaring erish tuyulsa, Tongda közlaringda köz yosh bilinsa, Uyqing ham, tushing ham, yoshing ham menman. Yillar ötib sochingda körinsa qirov, Yuraging tubida yashasa birov, Közlaringda porlasa, chaqnasa olov, Qirov ham, birov ham, olov ham menman.
Qizlarda qirqta jon qirq bitta firib, Quldek sargaytirib joningni olar.Toyda tunda topib koz uruwtirib, Kunduzi tor kochada tanimay qolar. Davlati kamayib qolarmidi tanisa , Xa otingdan aylanay oyinsa .