Yigit tong otishi b-n bozorga oshiqdi. Havo sovuq, bahorga öxshamaydi. Bayramga har doimgidek atirgul emas, lola sotib olmoqchi böldi. Bozor darvozasi yaqinida bir chelak chiroyli lolalar turardi. —Kim sotyapti— söradi u. -Hozir keladi,—dedi bir ayol. U yerda yana bir qariya turardi. Uning nimasidir yigitni öziga jalb qildi. Cholning egnida eski urfdagi plash: hamma yog‘i tikilib, yamoq bölib ketgandi. Shimi ham eski, lekin yaxshilab dazmollangan. Poyabzali yaxshilab moylanganidan yaltirab tursada, ancha xizmat qilgani bilinib turardi. Qariyaning yuzini ajin bosgan biroq közida qandaydir mag‘rur ifoda bor edi. U sovuqdan kökarib ketgandi. Shunga qaramay, gul sotuvchining kelishini kutardi. Y