Onajon, bu galgi yurak so'zimni
senga bag'ishladim, senga onajon
yo'q - yo'q so'zim emas, o'zimni
senga bag'ishladim senga onajon
Sen meni yaratding rahmat onajon,
hadya etding meni yorug' dunyoga
Yaratding qalbingdan bag'ishlading
jon, ko'zimni to'ldirding nuri -
ziyoga
Qancha so'qmoqlardan o'tding
yetaklab, oshno qilding meni
hayotga, elga
Ba'zan izlaringdan yurdim emaklab,
sen boshlading meni insoniy yo'lga.
Ba'zan sen parvona men chiroq
bo'ldim, sen chiroq bo'lganda
bo'ldim parvona
Koyisang yig'ladim, erkalasang
kuldim, shu zayl bag'ringda
ulg'aydim ona.
Qo'llarim ko'ksimda qilaman ta'zim,
sen axir qalbingdan qon berding
menga
sochlaringga oq, ol meni sochimni
qor