Ayolni aldamang hiyonat qilmang, U sizni aldasa yomon bo'ladi. Ishonchiga kirgach jinoyat qilmang, Nomardning ustozi hayvon bo'ladi. Ayolni aldamang, u sizni sevib, Jonining ichida ehtiyot qilib, Bitta yolg'on bilan qolmasin sovib, Atirgul bag'rida tikon bo'ladi. Ayolni aldamang u Ona, u Yor, U mehribon singil, opa vafodor, Unga zig'irchalik bermangiz ozor, Pokiza nomlari harom bo'ladi. Ayolni aldamang, uni avaylang, Axir u siz uchun yashaydi o'ylang, Nozikkina gulni so'ldirib qo'ymang, Kim unga sizchalik qalqon bo'ladi. Ayolni aldamang erkaksiz axir, Nomusin tepkilab, ko'rsatmang qahr. Yoningizda uning borligi baxtdir, Nodonning sherigi shayton bo'ladi. Ayolni aldamang, sevmasangiz xam, To'
Do'stim menga bermang ozorlar Taqdir bergan ozor yetadi. Ko'zingizga termulib ko'zim. Sizdan faqat mehr kutadi. Qo'zg'amang siz ko'nglim dardini. Hayot bergan zarbi yetadi. Og'rinishdan charchagan qalbim. Sizdan faqat mehr kutadi. Do'stim menga qilmangiz g'urbat. Ko'p uqubat chekdim yetadi. O'zin tartib bu xasta jonim. Sizdan faqat mehr kutadi. Aylamangiz qadrimni arzon. Umrim xazon bo'lgan yetadi. Ma'yus ko'zim termulib hamon. Sizdan faqat mehr kutadi.
Wunday baxt berginki yaratgan egam, meni armonlardan etolsin xalos. Wunday baxt ato et, sevgisi be kam özimga öxwagan özim uchun mos. Bir baxtni berginki, tangrim quvonch onimda, mexr bera olsin beminnat tortiq. Jonim og'riganda turib yonimda, meni seva olsin özidan ortiq...
Dunyoning xech bir erkagi oddiy piyozchalik emas. Chunki faqat piyozgina bir qizni yig'latib qo'ygani uchun o'zini olovga tawlab qovurib kuydirib yuboradi..........