Ishonchiga kirgach jinoyat qilmang, Nomardning ustozi hayvon bo'ladi. Ayolni aldamang, u sizni sevib, Jonining ichida ehtiyot qilib, Bitta yolg'on bilan qolmasin sovib, Atirgul bag'rida tikon bo'ladi. Ayolni aldamang u Ona, u Yor, U mehribon singil, opa vafodor, Unga zig'irchalik bermangiz ozor, Pokiza nomlari harom bo'ladi. Ayolni aldamang, uni avaylang, Axir u siz uchun yashaydi o'ylang, Nozikkina gulni so'ldirib qo'ymang, Kim unga sizchalik qalqon bo'ladi. Ayolni aldamang erkaksiz axir, Nomusin tepkilab, ko'rsatmang qahr. Yoningizda uning borligi baxtdir, Nodonning sherigi shayton bo'ladi. Ayolni aldamang, sevmasangiz xam, To'g'risini ayting, u xam bir odam. Ammo yolg'on bilan jonin qiynamang, Sizni deb gul umri xazon bo'ladi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 2