Siz shunday qilingki, voz kechay sizdan,
Ko`nglimni qoldiring, qon oqsin ko`zdan.
Qayta duch kelmoqqa imkon qoldirmang,
Siz shunday qilingki til qolsin so`zdan.
Ha, siz shunday qilingki men kechay sizdan,Vujudim muzlasin sizni ko`rganda.
Yashnagan niholni yashin urganday,
Bir keskin so`z ayting, dil uzay sizdan.
Tuyg`usiz, kulgusiz qoldiring meni,
Mayliga orzusiz qoldiring meni.
Faqat sizdan kechib o`tay dunyodan,
Aqlning izmiga soldiring meni.
Dardim o`zim uchun dorga aylansin,
Bahorim zumda qish, qorga aylansiz.
Siz shunday qilingki o`zgani sevay,
Yo`q mehrim bir zumda borga aylansin.
Kuydiring bir hovush kulga aylanay,
O`ldiring tap-taqir cho`lga aylanay.