Mehr bo'lsin ko'ngil to'rida, Asrang sizga
mehribonlarni. Do'stlar - hali imkon borida, Qadrlaylik
qadrdonlarni. Bir kun ko'zlar tushadi ko'zga, Yo'qlang
sizni sog'inganlarni. Zor qilmayin bir shirin so'zga,
Qadrlaylik qadrdonlarni. Turmush, yumush, tashvishlar
deya, O'tkazmaylik faqat kunlarni. Boshimizga
tushmas-ku qoya, Qadrlaylik qadrdonlarni. Oqibat hech
yo'qolgan emas, Yo'qotmoqdamiz-ku biz uni. O'tgan
umr hech qaytib kelmas, Qadrlayli qadrdonlarni.