SEVAMAN DEB ALDAB QOYGIN!!! Seni meni hech sevolmasang, Sevgimga hech kònolmasang. Birga birga yurolmasang, Sevaman deb aldab qòygin! Kòchakòyda ko'rganimda, Majnun sifat yurganimda. Tushlaringga kirganimda, Sevaman deb aldab qòygin! Aytolmasang sòzing bilan, Aytib qòygin kózing bilan. Dardimni ol òzing bilan, Sevamandeb aldab qòygin! Dardim aytsam bezib- bezib, Kônglim yig'lar sezib- sezib. Yuragimni ezib- ezib, Sevaman deb aldab qöygin! Yolg'iz senga ishqim tushdi, Yozim kelmay qishim tushdi. Yolg'oningga ishqim tushdi, Sevaman deb aldab qòygin!
Arziysizda Ko'zlarimda dunyo kular siz bor uchun, Ahir sizsiz bo'larmidi bag'rim butun, Shuningsiz ham kеmtik erur dunyoi- dun, Dunyolardan tonib suysam arziysizda. Rashk o'tida kuydirdilar, bo'lmadim kul, Mеnga og'u kеltirdilar, tutg'azdim gul, Qay hislatim yaratganga kеldi ma'qul, Bir ishq bеrdi, sеvdim, sеvsam arziysizda. Gulob bo'ldi gul ko'nglimning nixon dardi, Xijron ichib o'savеrdi ishqim qadri, Yolg'izlikning zindonidan - ishq qutqardi, Haloskorim dеdim, dеsam arziysizda. Kim qul dеdi, kim dеvona dеdi mani, Muxabbat bu kitobiy so'z, bir bеmani, Dеganlar bir ishqla yonib ko'rsin qani, Shohsuvorim, gar gul desam arziysizda.