Rossiyaga o'ynagani borgan emas,Ruslar uni kulib kutib olgan emas.Chin aytayabman, aytganlarim yolg'on emas,Oson emas Musofirga, osonemas...Sovuq kunda baland uylar qurgan bilar,Ish yo'g'ida "Xaltura" lar qilgan bilar.O'n besh kishi bir xonada turgan bilar,Oson emas Musofirga, osonemas...Oylab ishlab so'ng aldanib qolgan bilar,Million ishlab, qo'lga 100 ming olgan bilar.Hali yetmay deportatsiya bo'lgan bilar,Oson emas Musofirga, osonemas...Bugun uylanib, bir oy o'tmay uchgan bilar,Yorin qumsab yostig'ini quchgan bilar.Kunda 10 bor militsiyaga tushgan bilar,Oson emas Musofirga, osonemas...Qish kelishin zor-intizor kutgan bilar,"Yoshlik davri" Rossiyada o'tgan bilar.Bor alamin mag'rur ichga yu