Garchi hayot o'tkinchi lekin katta dars ekan Men bersam qarz emas-u ular bersa qarz ekan Har qadamda do'stimdan o'zim bilmay pand yesam Do'st deganim do'st emas faqat onam do'st ekan Yo'q emish menda yurak menda ko'ngil yo'q emish Ular sevsa sevgi-yu men sevsam havas ekan O'ylar edim barchani bir xil deya teng deya Lekin ular go'yo tog' men bir oddiy xas ekan.
Zulmat bölsangiz sham bölib sevgum Kulfat bölsangiz g'am bölib sevgum Kiprik bölsangiz köz bölib sevgum Tovush bölsangiz söz bölib sevgum Gar muz bölsangiz qor bölib sevgum Hayotingizda bor bölib sevgum Bir umr sadoqatli böla olsangiz Men ham vafoli yor bölib sevgum.
Quvonchim bu dunyoda Ishonchim bu dunyoda Sababkorim tanda jonim Otajonim onajonim Meni bu dunyodagi baxtim otam-u onam Yaratgandan inon taxtim Nurli peshonam Har lahza tinmadingiz meni deb Charchoqni bilmadingiz meni deb Talpinaman bosh egaman har qachon onam Sizlar borsiz behad shodman har qachon otam Meni bu dunyodagi baxtim otam-u onam Yaratgandan inon taxtim Fayzli koshonam.