Hayotda oz yashab, kop azob kordim,
Gohida yiqildim, gohida turdim.
Sevgidan ham, dostdan ham birvarakay kuydim,
Dedingiz: “Jon bolam, saqlama dilda gam.”
Mehrning narxi yoq, dostlarning soni,
Minnatli bolarkan ozganing noni.
Lekin ota-onangga kelmas ekan maloli,
Bozlab qolma yoqotgach hidlab romoli.
Mehribonim onam,
Beozorim onam,
Beguborim onam,
Onajonim, onam.
Nomarddan ulfat qilib, boshimga kulfat qilib,
Davlat ketganda oldim kimga kimligim bilib.
Kecha soyamga salom berib yurgan kimsalar,
Andishasiz yurganda ortimdan giybat qilib.
Boshim toshga tekkanda, chekkanimda nadomat,
Tangridan erta-yu kech soragan menga omad,
Onam!
Duolaringiz sabab omad quchogin ochib,
Davru-davronim keldi, yoqchilik nari qochib.
Aslida siz ekansiz mening baxtu-omadim,
Quyoshdek porlab turing boshimda nurlar sochib,
Onam, onam, onam.
Mehribonim onam,
Beozorim onam,
Beguborim onam,
Onajonim, onam.
Ichim tolib aytdim-da gapning xonasin,
Bunchalar ham mort bolar odam bolasi?
Eng vaxshiy inson ham dod-faryod qilib,
Yiglarkan hayotdan otsa onasi.
Mehrning narxi yoq, dostlarning soni,
Minnatli bolarkan ozganing noni.
Lekin ota-onangga kelmas ekan maloli,
Bu dunyoda jannatim, omon bo`lsin jonim

Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев