Yulduzisan qaysi osmonning?
Eslolmasang ozim eslatay
Bolasisan Ozbekistonni.
Qachon kelding bu yerga ozi
Ne maqsadda daydib yuribsan?
Anchagina ulgayibsan-ku!
Qorayibsan, ozib tozibsan.
Jilgalarsiz daryo quriydi
Daryoyingni qoyma unutib
Yur, barini eslaymiz birga
Aylantiray qolingdan tutib.
Yodingdami beshiging oglim?
Undan hali hiding ketmagan
Mahallangning yoliga qara
Bosib otgan izing ketmagan
Ana, onang tandir yonida,
Yopayapti sen uchun kulcha
Etagidan ajralmasdinku,
Sogintirding sen uni buncha,
Akang bilan uchirgan varrak
Boq, osmondan tusholmayapti
Opang seni soginib yiglab
Tishlaganing yutolmayapti.
Oxirgi bor qachon eshitding
Toylardagi yor-yorni, oyla
Bor, hayolan, dostlaring bilan
Ortaga tush, quloch yoz, yayra
Oyna, hayit bayramini soginib
Oqizdinku kozing yoshini
Senga asrab charchadi yangang
Arafani shirin oshini.
Qara, o'sha tanish choyxona
Choylashib gasht qilar keksalar
Kording, otang kulolmayapti
Yolga qarab, seni axtarar.
Ammang, xolang, amaking, togang
Tarqatyapti sumalaklarni
Nahot soginmading, jon bolam
Navro'zdagi kamalaklarni?
Qara, buving qaddi bukilib
Ushoqdayin bolib qaribti
Bir korishga ulgurmikansan?
Hastalanib, yotib qolibti
Bolam deysan tilingda ming bor
Qolingda dast kotarolmaysan
Kechirsa ham bir kun ayoling,
Sen ozingni kechirolmaysan
Musofirning qabri bolmaydi
Musofirning qadri bolmaydi
Musofirning,
Musofirlikdan
otadigan dardi bolmaydi
Tish qayrama, yomon dema hech
Seni katta qilgan Vatanni
Kim deydilar, eshigini buzib
Beshigini tepgan odamni?
Yashnamaydi novda ildizsiz,
Tomiring suv ichgan yerga bor
Otang qurgan yollarni yashnat
Uy yoniga yana bir uy sol
Yaxshilik qil, yurtingni yashnat.
Qoldan berma shunday imkonni.
Sen hech kimdan kam emassan, bil!
Bolasisan O`zbekistonni!
Qiziqarli, ta'sirli va sara... Rivoyatlar, Monologlar, @Hikoyalar ni do'stlaringiz bilan o'qing)
__________________

Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев