G'amlar cho'kib yotgan g'amgin ko'zim bor. So'raydilar: nechun hamon sevasan. Mening odamlarga bir so'zim bor. Buncha oz sevasiz yomon sevasiz. Fasillar o'tadi bahorlar yetar. Umringizda bo'ron, xazon sevasiz. Tunlar bir so'zni jim yozib o'tar. Buncha oz sevasiz, yomon sevasiz? Kutgan hislar to'lqinlardek qaytadi.Qalbingizda ma'yus armon sevasiz. Bir kun ketsam ruhim kelib aytadi. Buncha oz sevasiz yomon sevasiz.