Yolg’onga o’rganib qolgan eding qalb,
Angladim muhabbat bir ro’yo ekan.
Yana aldandingmi ko’ngil besabab?
Bevavafo baribir bevafo ekan.
Sevgi deb bosilgan izlari yolg’on,
Jilmaygan makkora ko’zlari yolg’on.
Axdlari yolg’ondir, so’zlari yolg’on.
Bevafo baribir bevafo ekan.
Yo olis ketmaydi sendan voz kechib.
Yo senla qolmaydi jonini tikib,
Mudom aldayverar yolg’on yosh to’kib,
Bevafo baribir bevafo ekan.
Qay dinga mansubdir sevgi mazhabi?
Qani Otabegi, Qani Zaynabi?
Dunyolari kabi, ro’yosi kabi-
Bevafo baribir bevafo ekan.
Xusnku tobe’dir bu dahri dunga.
Fursat beayovdir har ne maftunga.
Xushnudi ermakdir shunchaki unga,
Bevafo baribir bevafo ekan..