Baxtli bo'lgin qizgina. Ko'zlaring g'am ko'rmasin. Bu hayotda qoqilma. Quvonching kam bo'lmasin. Shunday kelin bo'lginki. Qizim desin qaynonang. Atrofingda aylanib barcha bo'lsin parvonang.
Agar sizni hayot sinasa. Orzu dard bilan siylasa. Qalbingizni gumon qiynasa. Sabr qiling bari o'tadi. Do'stlaringiz aldab ketsa ham. Joningizdan o'tib ketsa ham . To'g'ri bir oz qiladi alam. Sabr qiling bari o'tadi. Boshingizga tushsa tashvishlar. Tuxmat bilan otilgan toshlar. Bo'g'zingizga kelsa mish mishlar. Sabr qiling bari o'tadi. G'am silasa mag'rur boshingiz. Goh minatli yegan oshingiz. Nomardlarga tushsa ishingiz. Sabr qiling bari o'tadi. Kulib turgan do'stingiz sotsa. Sevganingiz sevgingiz sotsa. Yo'l topolmay boshingiz qotsa. Sabr qiling bari o'tadi. Hayot sinar barcha insonni. Yengarmikan deb yolg'onni. Unutmaylik parvardigorni. Sabr qiling bari o'tadi.