“Man hech kimga kerakmasman”
deymiz, haqiqatda esa birgina insonga keraksiz bo'lsak.
“Hech nima kerakmas” deymiz,
hohlagan narsamizga erisha olmaganimizda.
“O'zim shunchaki" deymiz,
jiddiy gaplashish vaqti yetganda.
“Hech qisi yo'q” deymiz,
qalbimiz ozordan sirqirab turganda.
“Sanga ishonaman” deymiz,
o'yin bo'lib qolishdan cho'chisak.
“Hammasi joyida” deymiz,
hammasi ostin-ustun bo'lib ketganida.
“Hech gap yo'q” deymiz,
ichimizda dard to'lib ketganida.
“Tinch qo'y”deymiz,
uni yo'qotishdan qo'rqib.
“Hayot go'zal”deymiz,
dunyo ko'zga qorong'u ko'ringanida.
“Boshqa ko'rishni istamayman” deymiz,
hamisha birga bo'lishni istaganda.
“Baxtliman”, deymizda ko'z yoshimizni artish uchun dastro'molni tayyorlab.
“Biz boshqa-boshqa odamlarmiz” deymiz,
bir butunga aylanib bo'lib.
“Man aybdorman” deymiz,
hiyonatni bilganimizda.
“Sani unutganman” deymiz
su'ratlariga qarab o'tirib.
“Boshqa yashashni istamayman” deymiz,
bizni fikrmizdan qaytarishga urinishlarini istab.
“Yolg'izlikni yaxshi ko'raman” deymiz
va anchadan beri jiringlamagan telefonimizga
havotir bilan qarab qo'yamiz.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 3