Bog'lanib qolganman soyadek senga. Yiroqlashsang kelar qayg'udan darak. Sabrim yetmayapdi, xatto bir kunga... Yo'q, sensizlikka hech ko'nmaskan yurak! Ne qilay ayt menga? shunchalar sevsam. Ishqing otashida olovdek yonsam...! Ranjitsang, gohida xafa qilsang ham, Yo'q, sensizlikka hech ko'nmaskan yurak! Sen tomon talpinar nega? bilmayman. Sog'insam o'zimni to'xtatolmayman..! Sinayman ko'p bora, chiday olmayman... Yo'q, sensizlikka hech ko'nmaskan yurak! Men uchun faqat sen, faqat sen kerak. O'zgada ko'nglim yo'q, o'zingdan bo'lak. Dilda diydoringdan yo'q o'zga tilak. Sensizlikka bir-zum ko'nmaydi yurak! ★☆☆