Ona - farzandiga yopirilajak dardu alamlar seli yölidagi bir tög'ondir. Ona yaratgan Olloh huzuriga qaytgach, bu tög'on öz-özidan yemiriladi. U buni ham kech angladi. Faqat u emas, köpgina farzandlar shundaydirlar. Oxir-oqibat "VOY ONAJONIM!" deydilar, nolayu faryod dengiziga g'arq böladilar. Söng esa, tög'on bölishni onaning ruxidan umid qiladilar. Johil bandalar... Ofatlardan onaning ruxi emas, Yaratganni Özigina saqlashiga aqllari yetmaydi... TOXIR MALIK