Borlig'ini menga bergan onam edi
Ko'zlariga yosh to'la bolam degan onam edi
Bolajonim deb erkalagan onam edi
Ortimdan ham duo qilgan onam edi
Sog'indim onajonim mexrli yuzlarini
Sog'indim Onajonim bolam degan so'zlarini
Sog'indim onam mendan havotir olganlarini
Ortimdan duo qiluvchi onam edi
Bola edim bilmas edim mexrlarini
Sho'x edim shodon edim sezmas edim erkalashlarini
Beozor masuma bo'lgan onam edi
Sog'indim azizlar ul inson Onam edi
Sog'indim onam Shirin kulishlaringizni
Sog'indim onam qoshingizga o'sma qo'yishlaringizni
Sog'inaman onajon shirin kulcha qilib berishingizni
Ortimdan duolar qilar Onajonim edi
Aytay desam so'zlarim mislsizdur
Ular uchun beray borim hayotim
Bolaligimd
Onamga she'r yozsam
yozolmayapman
Ko'z yoshim yozuvni
yuvib ketiyapti
Musofir do'stlarim men
bilolmayapman
Bugun kim onasini
sog'inmayapti?
Shu pulning ishqida dunyo
keziyapmiz
Ba'zida yig'lab, ba'zan
kuliyapmiz
Bir mushtipar bizni uyda
kutiyapti
Ayting kim onasini
sog'inmayapti?
Har kun ishdan
qaytganimiz mahal
Yoki uyg'onsangiz erta
tong sahar
Kim sizni onangizdek
kutib oliyapti?
Kim bugun onasini
sog'inmayapti?
Ko'z oldimdan ketmas
ma'yus yuzlari
Mehrdan yonadi
onaginamni ko'zlari
Bizni kutib tunlari bedor
o'tiyapti
Shundek onani kim
sog'inmayapti?
Men bugun onamni
yomon sog'indim
Sog'inchdan ko'z
yoshlarim daryo bo'liyapti
O'zimcha she'r yozib biroz
yozildim
Ayting kim onasini
sog'inmaya