200 nafar olim Birlashgan Millatlar Tashkilotiga shikoyat xati yozdi, deb xabar qiladi Euronews. Ular tashkilotdan mobil telefon va planshetlardan bezarar foydalanish standartlarini qabul qilish hamda buni e’lon qilishni so‘radi. Olimlarning fikriga ko‘ra, elektr magnitli nurlanish organizmdagi tirik hujayralarni o‘ldiradi va bevaqt o‘limga olib keladi.
1997-yili Alyaskadagi uncha katta bo‘lmagan Talkitna shahrida Stabbs laqabli mushuk mutlaq ko‘pchilikning ovozi bilan shahar meri etib saylangan va hozirgi qadar shaharga rahbarlik qilib keladi. 2013-yili unga suiqasd uyushtirilgan, bir necha haftani veterinariya klinikasida o‘tkazganidan so‘ng, mushuk uyga qaytgan. Odamlarga nima bo'lyapti o'zi a?
Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu ketma-ket ikkinchi marta dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb tan olinadi. Bu haqida “R-Sport” nashri FIFAdagi manbaga asoslanib xabar tarqatgan, deb ma’lum qildi “Uff.uz”.Bu haqidagi rasmiy xabar bugun, tungi soat 22.00 da boshlanadigan FIFAning yillik taqdimot marosimidan so‘ng paydo bo‘ladi. Hozircha “Oltin to‘p”ga Manuel Noyer, Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu nomzodlik qilmoqda. “R-Sport” xabariga ko‘ra, Krishtianu Ronaldu yakuniy ovoz berish jarayonida 37,66 foiz ovoz to‘plagan. Messi 15,76 foiz va Noyer 15,72 foiz ovoz bilan ikkinchi va uchinchi o'rnlardan joy oldi. Ovoz berish jarayonida 18 terma jamoa murabbiylari, 182 terma ja