Yurgandirsiz könglingiz tölib, Balki qiynar sizni "SOG'INCH" tanish xis. Tunlar yostig'ingiz sevgimdan suyib, Balki özingiz ham meni sevgansiz... Yaqin bölganmidim ilk bor öshanda, Ilk bor barmog'ingiz ushlaganim kez. Ilk bor közingizga közim tushganda, Balki özingiz ham meni sevgansiz... Xar nechuk yalpizdek sölmagandirsiz, Atirgul suvidek yuzim yuvgansiz. Xar nechuk ustimdan kulmagandirsiz, Balki özingiz ham meni sevgansiz... Bilmadim balki kulgingiz kelar, Balki yodimni siz xaydab quvgansiz. Balki yana bir bor körgingiz kelar, Balki özingiz ham meni sevgansiz... Umrim ötaverar ne bölsa ham, Ötadi qoldirib goh qoldirmay iz. Özimga tasalli berib yashayman, Balki özingiz ham meni sevgansiz..