Farzandlar o'stirgan niyyatlari oq
Bir umr mehnatda qo'llari qadoq
Oltmushga kirmasdan sochlarida oq
Otangni sevmasang kimni sevasan.
Barcha bolasini birdayin suygan
Saharda non yopib sochlari kuygan
Senga ipak to'qib o'zi chit kiygan
Onani sevmasang kimni sevasan.
Qishda ishkomidan uzum uzilgan
Yozda kulchalari tandirsiz pishgan
Ey do'stim xudoning nazari tushgan
Vatanni sevmasang kimni sevasan..