Sizsiz mening dilimda og'riq. Dil parishon xayol suraman. Azob bormi bundanda ortiq. Sizsizlikni yomon ko'raman. Kulsangiz gar kulganday go'yo. Yorishadi ko'nglimda ziyo. Ko'rishganda boqing bir qiyo. Sizsizlikni yomon ko'raman. Qosh ostidan qarasangiz kulib. Bergim kelar ko'ksimni yulib. Sog'inaman yonizda turib. Sizsizlikni yomon ko'raman. Yuragimda o'chmas bir tilak. Shu tilak urmoqda yurak. Jonim menga keraksiz kerak. Sizsizlikni yomon ko'raman.
Hozir jilmayishga zinhor yo'q o'rin. Istap madoriga turibman ado. Yoshman ko'taraman og'riqning zo'rin. Onamning dardini menga ber xudo. Ag'dar to'ntar bo'lib ketmasmi dunyo. Ko'taraman tog'ni yelkamga ortsa. Onamning dardini menga ber xudo. Bolam deb yugurgan mehribon onam. Ko'zi to'la yosh men esa bardosh. Men had farzandman-mo' butkul bir ravo. Onamning dardini menga ber xudo.