Bo'lmay desang holi xarob, Ona poyin ayla tavof. Qilar ishing bo'lsin savob, Yaratganga ibodat qil! Aslo tark etma Jumani, Ranjitmagin ma'sumani. Yomonlama marhumani, Yaratganga ibodat qil! Tark qilganing minnat bo'lsin, Izlganing sunnat bo'lsin. Maqsading gar Jannat bo'lsa, Yaratganga ibodat qil! Do'stim senga so'nggi so'zim, Kech itoat etdim o'zim. Shukur, ochildiku ko'zim, Sen tez Haqqa itoat qil Yaratganga ibodat qil!