Orzuning hidi yo'q so'zlarimizda,
Sevgining didi yo'q ko'zlarimizda,
Yowlikning o'ti yoq ko'zlarimizda.
Istagimiz,yurak xohiwi emas,
Bizga nima kerak,hech kimsa bilmas,
Bag'rimdan isyonlar nega otilmas,
Bir xanjar sanchilgan ko'ksim-a...
Bir yon pul,manfaat,won-wuhrat,mansab,
Bir yonda oila,vaqt,sabr,azob,
Murosa o'rniga tortilar asab,
Bunday hayot ayt,kerak kimga?
Sevgini sezmasa dillar ne kerak?
Ona deb aytmasa tillar ne kerak?
Muhabbat bog'ini kezmagan erkak,
Ayolsiz dunyoga dillar ne kerak?..
Jannat-ku onalar oyoq ostida,
Jannat-ku oyog'iz ostida doim.
Siz borki erkaklar yurar muloyim,
Begisin ko'nglini olgan muloyim...
Ayolsiz dunyoga gullar ne kerak?..
Yashaydi bir umr og'il yo qiz deb,
Yaxshimi yomonmi hammani siz deb.
Duolar qiladi har kecha biz deb,
Ayolsiz dunyoga gullar ne kerak?..
Ta'rifin topolmay to'xtaydi qalam,
Qancha ezozlama yana shuncha kam,
Siz kabi go'zaldir mening ham onam,
Ayolsiz dunyoga gullar ne kerak?
Ona deb aytmasa tillar ne kerak?..